Anna Popova Rossiyada vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqilayotganini maʼlum qildi

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26ta varianti ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova Rossiya fanlar akademiyasi rayosati yigʻilishida maʼlum qildi.

“Dunyoda 36ta vaksina klinik sinovlar bosqichida, 92 ta preparat klinikka qadar sinovdan oʻtmoqda, Rossiyada 17ta ilmiy tashkilotlarda vaksinaning 26ta varianti ishlab chiqilmoqda”, deya yozmoqda “Ria.ru” sayti Popovaning soʻzlaridan iqtibos keltirgan holda.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi boʻlib 11-avgust kuni roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi. U 8-sentabr kuni muomalaga chiqarildi. 9-sentabrdan esa vaksina bilan Moskvada koʻngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Ulashish