Soʻx tumanida qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi

Soʻx tumani IIB xodimlari 14-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Soʻx tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruvda boʻlgan X.U.ni qoʻlga olishdi.

Shu oʻrinda Fargʻona viloyati IIB “qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi”, deya aholiga murojaat qilmoqda.

Ulashish