“Al Hilol” klubi “Paxtakor” ustidan qiyin gʻalabaga erishdi

Qatarda boʻlib oʻtayotgan Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida “B” guruhi 3-tur doirasidagi markaziy oʻyinda “Al Hilol” va “Paxtakor” gʻoliblik uchun top surdi.

Uchrashuvning dastlabki boʻlimida Shota Arveladze shogirdlari oʻyin jihatdan raqibdan ustunlik qilgan boʻlishsada, Igor Sergeyev bir qator golli vaziyatlardan foydalana olmadi. Saudiyaliklar esa boʻlim oxirida italiyalik Sebastian Jovinkoning jarima zarbasidan kiritgan ajoyib goli evaziga tanaffusga gʻolib sifatida chiqishdi.

Ikkinchi boʻlimning 65-daqiqasida esa Gomis bilan yakkama-yakka vaziyatda qolgan Eldor Suyunov jarima maydoni tashqarisida toʻpni qoʻli bilan oʻynab, maydondan chetlatildi. Bir kishi kam boʻlishga qaramay, zaxiradan maydonga tushgan Eren Derdiyoʻq 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi – 1:1. Ammo hakam tomonidan qoʻshib berilgan 7 daqiqaning soʻnggi soniyalarida Bahebrining kuchli zarbasi Anzur Ismoilovga tegib, darvozadan joy oldi – 2:1.
Ushbu magʻlubiyatdan keyin “Al Hilol” 9 ochko bilan guruhda 1-oʻringa chiqib olgan boʻlsa, “Paxtakor” 6 ochko bilan 2-oʻringa tushdi.

Ulashish