KONMEBOL Messiga terma jamoada oʻynashga ruxsat berdi

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Kataloniyaning “Barselona” va Argentina terma jamoasining 33 yoshli hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasini bekor qildi, deya xabar bermoqda “Sify” tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.

Bundan avval Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia KONMEBOLga argentinalik Lionel Messining diskvalifikatsiyasini bekor qilish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan edi.

Tashkilot prezidenti Alexandro Domingoning taʼkidlashicha, diskvalifikatsiya muddati tugagan, chunki oradan bir yil oʻtdi. Shuning uchun 33 yoshli hujumchi keyingi rasmiy oʻyinlarda maydonga tushishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Lionel Messi Amerika Kubogi-2019 musobaqasida Argentina va Chili oʻrtasidagi (2: 1) 3-oʻrin uchun oʻyinda Gari Medel bilan janjali uchun qizil kartochka olgan edi. Shundan soʻng Messi terma jamoa oʻyinlaridan diskvalifikatsiya qilingan edi.

Ulashish