Suares yangi mavsumda maydonga tushmasligi mumkin

“ESPN” nashrining xabar berishicha, “Barselona” hujumchisi Luis Saures yangi mavsumni tribunada oʻtkazishi mumkin. Bunga kataloniyaliklar rahbariyati bilan shartnoma boʻyicha yuzaga kelgan qarama-qarshilik sabab boʻlmoqda.

champoionat.com

Maʼlumotga koʻra, 33 yoshli urugvaylik futbolchi boshqa jamoaga ketgan taqdirda ham, soʻnggi mavsumdagi maoshi berilishini talab qilmoqda. Agar Suares rahbariyat bilan kelishmay, jamoada qolsa, klub uni maydonga tushirmasligi mumkin. Bu borada soʻnggi soʻzni jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman aytadi. Bunday vaziyatda amaldagi shartnomaga muvofiq, hujumchiga toʻliq ish haqi toʻlanadi.
Xabaringiz bor, Turinning “Yuventus” klubi futbolchi bilan boʻlayotgan vaziyatni kuzatmoqda. Italiya klubi Krishtianu Ronaldu bilan tandemlikka hujumchi izlayapti, variantlar orasida “Barselona” forvardi ham bor.
Eslatib oʻtamiz, Luis Suares “Barselona” klubida 2014-yildan beri harakat qiladi. U oʻtgan mavsumda “koʻk-anorranglilar” safida 36ta oʻyinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2021-yilgacha moʻljallangan.

Ulashish