Fransiyaning sobiq prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Le Parisien nashriga tayanib, Tassʼning xabar berishicha, sobiq prezidentning kasalxonaga yotqizilishiga sabab oʻpka infeksiyasi boʻlgan.

AP

Fransiya Respublikasini 1974-yildan 1981-yilgacha boshqargan Fransiyaning sobiq prezidenti Valeriy Jiskard dʼEsten dushanba kuni Parijdagi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda birinchi boʻlib France-Press (AFP) agentligi 94 yoshli siyosatchining yaqinlariga tayanib xabar tarqatgan.

Le Parisien gazetasining yozishicha, kasalxonaga yotqizishga sabab oʻpka infeksiyasi bo‘lgan. Jiskard dʼEstening nafas olishi qiyinlashgan va Jorj Pompidu nomidagi kasalxonaga yotqizilgan va u hozirda u intensiv terapiyada. Sobiq prezidentning oʻgʻli Lui u bilan yakshanba kuni kechqurun gaplashgan. Unga koʻra, keksaligiga qaramay, siyosatchining ilgari biror marta sogʻligʻida jiddiy muammolar kuzatilmagan.

Ulashish