Shavkat Mirziyoyev migrantlarga aloqador yana bir qarorni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi deb xabar bermoqda AOKA.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:

Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning 6 ta asosiy yoʻnalishi belgilanmoqda, jumladan:

tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va oʻzbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi;

xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi;

mehnat migrantlarni moliyaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi;

mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilinadi, shu jumladan ularning bandligi taʼminlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari ragʻbatlantiriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;

hududiy filial rahbarlari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadigan boʻldi;

hokimliklar mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻradi;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

xorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;

xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar oʻrnatish va muzokaralar oʻtkazish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.

2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga oʻqitish tizimi joriy qilinmoqda.

Buni amalga oshirish uchun 13 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari, 11 ta Toshkent shahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari hamda 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar:

13 ta kollej va 13 ta texnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming oʻquvchi) mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli (3 oygacha) kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish kurslari tashkil etiladi;

qisqa muddatli kurslarning oʻquv dasturlari xorijiy yirik ish beruvchilarning (Rossiyaning “NIPIGAZ” AJ, “Renaissance Heavy Industries”, B.T.K GRUP, Turkiyaning “ANT YAPI”, “Tayga Grupp”, BAAning “Tadbeer” tashkilotlari) talablariga moslashtiriladi;

xorijiy yirik ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan aloqalar oʻrnatiladi hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur boʻlgan kasblar boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi;

Mehnat vazirligi huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qisqa muddatli kurslarga xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislari va yetakchi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari jalb qilinadi.

Ulashish