Amerika kompaniyasi Belarusda internet ishlashiga yoʻl qoʻymagan

Amerikaning “Sandvine” kompaniyasi Belarus hukumatiga prezident saylovlari vaqtida mamlakatdagi saytlarni bloklash uchun texnologiyalar taqdim etgan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi oʻz manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Foto: Bloomberg

Maʼlum boʻlishicha, AQSH firmasi vakillari mamlakatning rasmiy shaxslari bilan uchrashgan, soʻngra Minskka zaruriy jihozlarni keltirishgan. Lekin “Sandvine” va Belarus IIV agentlik soʻroviga izoh bermagan.

Eslatib oʻtamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovlari vaqtida butun mamlakat boʻylab internet bilan muammolar yuzaga keldi. Xususan, yomon aloqa tufayli davlat saytlari qidiruv tizimlari va YouTube ishlamagan. Shuningdek, messenjerlarda ham uzilish kuzatilgan. Keyin 12-avgust kuni ertalab Minskda mobil internet va ijtimoiy tarmoqlar ishi qayta tiklangan.

Ulashish