Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri JSSTni tanqid qildi

Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbariyati pandemiyaga qarshi javob choralari samaradorligini baholash uchun mustaqil komissiya tuzishda ayrim mamlakatlarning fikrlarini inobatga olmaganini taʼkidladi.

“Biz Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi 73-sessiyasining rezolyutsiyasini amalga oshirishning muhimligini taʼkidladik, unda JSST Bosh direktoriga davlatlar ishtirokida COVID-19ga xalqaro munosabatni baholash jarayonini boshlash topshirildi. Pandemiyaga tayyorlikni baholash va samaradorlikni oshirish uchun mustaqil panelni shakllantirish jarayonining shaffofligidan hafsalamiz pir boʻldi”, dedi Murashko JSST Yevropa qoʻmitasining onlayn sessiyasida.

Ulashish