Bugun “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasida oʻynaydi

Osiyo qitʼasiga 7 oylik tanaffusdan soʻng xalqaro musobaqalar qaytdi. Bugun Qatarda Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida markazlashgan oʻyinlariga start beriladi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohibi Toshkentning “Paxtakor” klubi OCHLning “B” guruhi 3-turida Saudiya Arabistoni chempioni hamda OCHLning amaldagi gʻolibi “Al Hilol” bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Bu haqda klub telegram kanali maʼlum qildi

Jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze oʻyin oldidan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Biz raqibni qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. Oʻtgan yil ham Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etganmiz. Bu yil ham oʻz rejamiz asosida ishlab kelyapmiz. Qisqa muddatda oʻtadigan musobaqa barchaga yaxshi imkoniyat taqdim etadi. Meni qiziqtirayotgan bir narsa, har uch kunda oʻyinlarda qanday harakat qila olishimizda. Boshqa jamoalar ham bunga qanchalik tayyor ekanligi qiziq. Markazlashgan musobaqada barcha teng holatda boʻladi. Bu kimgadir yaqqol ustunlik beradi deb oʻylamayman” deydi Arveladze

Eslatib oʻtamiz, “paxtakor”chilar musobaqaning “B” guruhida 6 ochko bilan peshqadam boʻlib turishibdi. Ushbu kvartetdan yana BAAning “Al-Ahli” hamda Eronning “Padideh” jamoalari oʻrin olgan.

Ulashish