Oʻzbekistonda dollar, yevro, rublning rasmiy kursi oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, ertaga, 15-sentyabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 295 soʻm 33 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 21 soʻm 16 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 12 194 soʻm 82 tiyinga baholanib, 32 soʻm 26 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 1 soʻm 37 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 137 soʻm 65 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Ulashish