Samarqandda meva-sabzavotlar eksporti 80 ming tonnadan ortdi

Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi 285 ta tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan joriy yilning 8 oyi yakuni boʻyicha jami 62 million AQSH dollari qiymatiga ega 80,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi .

Tovarlar asosan Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Iroq, Ukraina, Turkmaniston, Gruziya, Belorus, Qozogʻiston va Ozarbayjon kabi davlatlarga eksport qilingan. Ayni paytda korxonalar tomonidan oʻz mahsulotlarini eksport doirasini yana-da kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Oʻz oʻrnida har bir korxonaning eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish borasida viloyat bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Ulashish