Tramp ikki politsiyachiga oʻq uzgan shaxsga oʻlim muqarrarligini aytdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kaliforniyada ikki politsiyachiga oʻq uzgan shaxsga oʻlim jazosini tayinlashni vaʼda qildi.

Foto: Google

“Agar politsiyachilar vafot etsalar, qotil uchun sud jarayoni boʻlib oʻtadi va oʻlim jazosi tayinlanadi. Bu uni toʻxtatishning yagona yoʻli”, deb yozadi prezident yakshanba kuni oʻzining tvitterida.

Maʼlumot uchun, Compton shahrida nomaʼlum shaxs patrul mashinasiga yaqinlashib, ogohlantirishsiz oʻq uzgani haqida xabar berilgan edi. Oqibatda, ikki politsiyachi oʻqqa tutilib, mahalliy kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar jabrlanganlarni operatsiya qilishmoqda va politsiya oʻq otgan shaxsni qidirishni boshladi.

Ulashish