Internet foydalanuvchilari qalbini titratgan 17 ta taʼsirli fotosurat

Baʼzan bizga hamma holat oddiy narsadek tuyuladi va bizni ajablantirish, hissiyotlarimizni qoʻzgʻatish yoki hayratga solish imkonsizga oʻxshaydi. Ammo baʼzan shunday fotosuratlarga duch kelamizki, hayollarimiz ularga qaytaveradi. Shavqatsiz yirtqichning panjalari; baribir maktabni tugatishga “kelgan” marhum oʻquvchi va yarim asr birga yashashlarini oldindan bilmagan sevishganlarning qarashlari qalbimizni toʻlqinlantirib, chuqur hissiyotlarimizni uygʻotib yuboradi. “AdMe.ru” nashri ana shunday internetni “portlatgan” fotosuratlardan 17 tasini bir joyga jamladi.

Ularga koʻring va suratlar sizni befarq qoldirmaydi.

1. Hayvonlarning huquqlarini himoya qiluvchilar Janubiy Koreyada soʻyish uchun boqiladigan goʻsht fermasidan 50 ta itni qutqarishga muvaffaq boʻlishdi

Foto: hsi.org.au

2. Suratga yozilgan izoh: “Otam uysiz va ishsiz edi. Yaqinda u kasalxonaga ishga joylashdi va uy-joy bilan taʼminlandi. Mana, u yangi formada va bardam koʻrinishga harakat qilmoqda”

Foto: EchoCallisto / Reddit

3. Bosqinchi maktabga bostirib kirdi, rasmdagi yigitcha esa sinfdoshlariga qochishga yordam berdi, afsus, daydi oʻq unga tegib halok qildi. Doʻstlari marhum doʻstini bitiruv marosimida hurmat bilan eslashdi

Foto: Geoboy7 / Reddit

4. Erkak tugʻilajak farzandlarini koʻrish uchun saraton bilan oxirigacha kurashdi. U yangi tugʻilgan farzandlarini quchish baxtiga muyassar boʻldi

5. “Buvim 102 yoshda. Uning butun umrlik orzusini roʻyobga chiqarishda yordam bergan barcha koʻngillilarga tashakkur”

Foto: barbamara / Reddit

6. Gonkong koʻchalarida 1 million kishi qatnashgan ommaviy norozilik namoyishlaridan soʻng tozalik holati

Foto: exploding-waffle / Reddit

7. Fotograf baliq toʻriga ilashib qolgan chala oʻlik holatdagi oʻrdakni koʻrdi va uni uyiga olib borib parvarish qildi, oʻrdak tuzalgach uni yana suvga qoʻyib yubordi

Foto: Roalife / Pikabu

8. “Ogayo daryosini tozalashga yordam berish jarayoni. Bir hafta ichida 18 tonnadan ortiq axlat yigʻdik”

Foto: ckoirnegy / Reddit

9. Yengil atletikachi Betti Robinson aviahalokatga uchradi, ogʻir ahvolda deb eʼlon qilindi, 7 hafta komada yotdi va 2 yil davomida normal yurishni oʻrgandi. 5 yildan soʻng u Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Foto: Unknown (Library of Congress) / Wikipedia

10. “Mening ota-onam, 1955-yil. Ilk uchrashuvdan oldin onamning uyida olingan fotosurat. Ular 60 yildan beri birga yashamoqda”

Foto: Xplosifdherrera / Reddit

11. “Men itim uchun boʻyinbogʻ oldim, lekin u allaqachon oʻlgan. Keyin esa men Englebertni koʻrdim: uning orqa oyoqlari ishlamaydi, quloqlari muzlab qolgan va faqat 3 donagina tishi bor. Men oʻyladimki, agar men olmasam, uni hech kim olib ketmaydi”

12. Kongodagi milliy bogʻning qoʻriqchisi xavfga qaramay gorillani quchoqlamoqda

Foto: James Gifford / BigPicture: Natural World Photography Competition

13. Chempion daun sindromiga chalingan muxlisining orzusini roʻyobga chiqardi va u bilan ringda kurashdi

Foto: Jackson Wink MMA Academy / Youtube

14. 12 yoshli bola itlarga fotosuratlarda yana-da chiroyliroq boʻlishi va ular tezroq “asrab olinishi” uchun harakat qilmoqda

Foto: Beaux and Paws by Sir Darius Brown, Beaux and Paws by Sir Darius Brown

15. “Men Tom Xardi bilan doʻkonda tasodifan uchrashdim. U mening xaridlarimni toʻladi va hatto ularni mashinagacha olib kelishda yordam berdi”

Foto: SiberianWaltzer / Reddit

16. “Mening akam daun sindromiga chalingan. U bolalarni qoʻllariga olib erkalashni yaxshi koʻradi, ammo sanoqli odamlargina bunga ruxsat beradi. Kecha xotinim bilan unga farzandimizni koʻtarish uchun uchun berdik. U bolani quchoqladi va 5 daqiqa harakatsiz oʻtirdi. Men yigʻlagudek holatdaman”

Foto: ATSosebee / Reddit

17. Ayol hamisha ayol

Foto: Армен Енгоян / Facebook

Qaysi fotosurat sizda eng kuchli hissiyotlarni uygʻotdi, fikrlaringizni izohlarda qoldiring?

Ulashish