Kuman “Barselona” rahbariyatidan Salohni sotib olishni soʻradi

“Barselona” klubining yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman misrlik hujumchi Muhammad Salohni oʻz jamoasida koʻrishni istamoqda.

Foto: Sport-Express

“Sport-Express” xabariga koʻra, Kumanning doʻsti va Gollandiya terma jamoasining yana bir taniqli futbolchisi Syak Svart Ronald “Barselona”da Muhammad Salohni koʻrishni juda istashini aytgan.

Maʼlumotlarga koʻra, “Barsa”ning moliyaviy muammolari va Salohning narxi yuqoriligi sababli bu transfer amalga oshmasligi mumkin.

Ulashish