UFC sobiq chempioni Konor Makgregor hibsga olindi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor politsiya tomonidan Fransiyaning Korsika orolida hibsga olindi. Bu haqda “Daily Mail” xabar qildi.

Conor
Daily Mail

Maʼlumotlarda irlandiyalik yakkakurashchi barlarning birida jinsiy zoʻravonlik va axloqsiz harakatlarini amalga oshirishda ayblanmoqda. Makgregor ustidan shikoyat xati 10-sentabr kuni kelib tushgan. 32 yoshli jangchining oʻzi bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Fransiya politsiyasi gumondorga nisbatan hibsni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish, ayblov eʼlon qilish yoki ularni ozod qilishdan oldin 48 soat davomida dastlabki muddat ichida ushlab turish huquqiga ega. Lekin Makgregor ayblovsiz ozod qilingan, ammo ish yopilmagan va qoʻshimcha harakatlar boʻlishi mumkin.

Makgregorning advokati Emmanuel Ramon ham voqeaga oʻz munosabatini bildirib oʻtdi. “Konor har qanday qonunbuzarlikni qatʼiyan rad etadi. U politsiyadagi qamoq muddati tugashidan oldin va hech qanday sud nazoratisiz ozod qilindi”, dedi Ramon.

Eslatib oʻtamiz, Konor rafiqasi bilan Oʻrta Yer dengizi boʻylab sayohat qilmoqda. U 12-sentabr kuni Monako malikasi Sharlen bilan suv velosipedida sayohatga chiqishni rejalashtirgandi.

Ulashish