AQSHda oʻzbek raqslari tarixi va xoreografiyasi boʻyicha ikki haftalik trening tashkil etildi

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi oʻzbek madaniyati va sanʼatini ommalashtirish doirasida Amerikaning “Silk Road Dance Company” kompaniyasi bilan birgalikda milliy raqs sanʼatini oʻrgatish boʻyicha “Central Asian Dance Camp 2020” ikki haftalik onlayn treningini tashkil etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

uzbek raqslari
Madaniyat vazirligi

Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tadbirda AQSHning 11 shtatidan vakillar ishtirok etdi. Jumladan, Virjiniya, Kaliforniya, Kentukki, Kolorado, Luiziana, Massachusets, Merilend, Ogayo, Kolumbiya okrugi, Tennessi va Florida kabi mintaqalar raqs ixlosmandlari ikki hafta davomida oʻzbek raqsidan saboq oldi.

Maʼlumot uchun: ushbu treningning Amerika tomonidan tashkilotchisi dunyoga mashhur olim, “Silk Road Dance Company” rahbari Laurel Grey boʻldi. U 1984-yil Amerikada Oʻzbekiston raqs va madaniyat jamiyatiga asos solgan.

Ulashish