Afgʻon hukumati va tolibonlar uchrashishdi

Qatar poytaxti Doxada Afgʻoniston hukumati vakillari va Tolibonlar harakati boshchilari millionlar yostigʻini quritgan yigirma yillik urushni yakunlash va tinchlik bitimini imzolash maqsadida yigʻilishdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Avgon
Returs

Tinchilik bitimiga davlatlar va guruhlar bilan sulh tuzish va ayollar huquqini himoya qilish kabilar kirgan.

Oq uy rahbari Donald Tramp qayta saylanishga koʻz tikayotgani sababli mazkur bitim imzolanishi uchun oʻz yordamini ayamasligini maʼlum qildi. Qoʻshma Shtatlar kotibi Mayk Pompeo esa ziddiyatdagi tomonlarning kelajakda muammolarga duch kelmasligi uchun tinchlik kelishuvini imzolash imkonini qoʻldan boy bermaslikka chorladi.
“Siyosiy tuzumni tanlash imkoni oʻzingizga bogʻliq. Ishonamizki, barcha afgʻonlarning huquqlarini himoya qilish sizlar uchun jaholat botqogʻidan chiqishning eng afzal yoʻlidir”, deydi u ochilishdagi nutqida.

Tolibonlar yetakchisi Mulla Birodar Oxund esa Afgʻoniston hukumati barcha qabila va urugʻlar birodarlikda, bir-biriga muhabbat bilan yashashi mumkin boʻlgan islomiy tuzum yoʻlidan borishi kerakligini aytib oʻtdi.

Ulashish