Qahramon Quranboyev Prezidentning davlat maslahatchisi etib tayinlandi

0
1287
marta oʻqilgan

Qahramon Quranboyev Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Sof.uz sayti xabar qildi.

Foto: Sof.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-iyuldagi farmoniga muvofiq, Qahramon Quranboyev Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlandi va Prezidentning jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Qahramon Quranboyev 30-iyunda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (sobiq “Kamolot” yoshlar harakati) rahbari etib tayinlangan edi.