2016-yilida tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini bajarish uchun 12,2 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi

0
566
marta oʻqilgan


2016-hisobot yilida tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini bajarish uchun 12,2 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi (2015-yilga nisbatan 1,2 baravar ko‘proqdir).

Shuningdek, o‘tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir kredit siyosati sezilarli darajada takomillashtirildi. Ularga davlat tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 2015-yilga nisbatan 1,3 baravar oshdi va 15,8 trillion so‘mni, shu jumladan mikrokreditlar 3,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

Tijorat banklari tomonidan kollejlarning bitiruvchilariga o‘z biznesini tashkil etishi uchun qariyb 362,1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berildi, bu esa 2015-yildagidan 1,3 baravar ko‘proqdir.

Ma’lumot uchun, “Moody’s” reyting agentligi surunkasiga yetti yildan beri O‘zbekiston bank tizimiga “barqaror” reytingi bahosini bermoqda.