Mashinalar narxi 3 mln soʻmdan 19 mln soʻmgacha tushiriladi — deputat

Foto: Google

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishning davomi bugun koʻrib chiqildi. Bu haqda deputat Doniyor Gʻaniyev xabar berdi.

“Qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarlarini assossiz oshirilganini tasdiqladi. Unga koʻra avtomobillar 3mln. soʻmdan 19 mln soʻmgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Shunga koʻra komissiya “UZAUTOMOTORS” AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish boʻyicha koʻrsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, yaʼni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirigʻi berildi.

PS: Komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi boʻlsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin”, deydi Gʻaniyev.

 

Ulashish