Yoshlar orasida koronavirusga chalinganlar soni uch karra oshdi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh oy ichida dunyoda koronavirus bilan kasallangan yoshlar soni uch baravar ko‘paydi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Tahlillarga ko‘ra, 24 fevraldan 12 iyulgacha 6 millionta infeksiya qayd etildi, yoshlar orasida COVID-19 ulushi 15 foizga yetdi. Ilgari bu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil etgan. JSST 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan odamlarni yoshlar sifatida tasniflaydi.

Germaniya, Ispaniya, Fransiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda kasallanganlar orasida yoshlar juda ko‘p.

“Yoshlar, qoidaga binoan, niqoblar va ijtimoiy masofalanishga unchalik e’tibor qilishmaydi”, – deydi AQShdagi Jon Xopkins kasalxonasining katta hamshirasi Neysa Ernst.

“Sayohat qilish, shuningdek, COVID-19 ni yuqtirish va tarqatish imkoniyatini oshiradi”, deydi u va yoshlar ko‘proq odamlar bilan ishlash, plyajlarga borish, klublarga borish yoki do‘konga borish ehtimoli ko‘proqligini qo‘shimcha qilib.

Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarda COVID-19 ning ko‘payishidan xavotirda. Xuddi shu davrda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lganlar soni 4,6 foizga ko‘paydi. JSST ekspertlari o‘quv yilining boshlanishi maktab o‘quvchilari orasida koronavirus holatlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkinligidan qo‘rqmoqdalar.

Bir qator mamlakatlardan kelgan mutaxassislar yoshlarni ijtimoiy masofalanish choralarini davom ettirishga, niqob kiyishga va mumkin qadar boshqalardan uzoqroq yurishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST rahbari hozirda koronavirusga qarshi ideal dori-darmon yo‘q va, ehtimol u hech qachon paydo bo‘lmaydi, deb aytgan edi.

Ulashish