O‘zbekistonda 5-avgust kuni 746 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 1000 nafardan oshib ketdi

O‘zbekistonda 4-avgust soat 23:30 dan 5-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 746 ta holat qayd etildi. Bir kun oldin ham 746 kishida koronavirus aniqlangandi. Ketma-ket beshinchi kun kunlik kasallanish holati 700 dan yuqori bo‘lmoqda. 1-avgustda 774 kishining kasallanishi hozircha antirekord hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 27793 nafarga yetdi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Yangi kasallanish holatlari

Yangi kasallangan 746 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

  • Toshkent shahrida — 499 nafar;
  • Toshkent viloyatida — 137 nafar;
  • Buxoro viloyatida — 39 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida — 33 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida — 19 nafar;
  • Andijon viloyatida — 12 nafar;
  • Navoiy viloyatida — 10 nafar.

Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati kuzatildi. 25-iyuldan beri birinchi marta koronavirus aniqlangan hududlar soni 7 taga tushdi.

Ulashish