COVID-19’ni davolashda qanday dori-darmonlar qo‘llanililishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar” ning oltinchi nashrida shifokor nazorati asosida qo‘llaniladigan dori-darmonlar ham keltirib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, mazkur qo‘llanmani ishlab chiqish guruhiga O‘zbekistonning taniqli va nufuzli olimlari bilan birga, ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni bevosita davolashda ishtirok etayotgan shifokorlar, xususan, reanimatolog va boshqa tor soha vrachlari kiritilgan va ular tomonidan o‘z tajribasida samarali deb topilgan dori vositalari tavsiya etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Habibullo Oqilov bemorlarni davolashda qo‘llanilishi belgilangan dori vositalari haqida batafsil ma’lumot berdi:

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun:

  •  “Gidroksixloroxin” (homilador ayollar, bolalar, 65 yoshdan oshgan bemorlar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar qabul qilishi mumkin emas).

Kasallik klinik belgilarsiz kechganda:

  • “Gidroksixloroxin” (shifokor tavsiyasiga ko‘ra);
  • “Sink” preparatlari;
  • D vitamini;
  • C vitamini;

COVID-19’ning yengil shaklida:

  • “Paratsetamol”;
  • “Ibuprofen”;
  • “Favipiravir”;
  • “Gidroksixloroxin”;
  • “Sink”;
  • “D Vitamin”i;
  • “C Vitamin”i;
  • “Nafazolin”, “Ksilometazolin” (burun uchun, rinoreyani davolashda);
  • “Azitromitsin” (shifokor qaroriga ko‘ra).

COVID-19’ning o‘rta og‘ir shaklida:

  • “Paratsetamol”;
  • “Ibuprofen”;
  • “Favipiravir” yoki “Remdesivir”;
  • Antikoagulyantlar (“Enoksaparin”);
  • Antiagregantlar (“Asetilsalitsil kislotasi”);
  • Kortikosteroidlar (“Deksametazon”);
  • Antibiotiklar (shifokor tavsiyasiga ko‘ra).

COVID-19’ning og‘ir shaklida:

  • “Paratsetamol”;
  • “Ibuprofen”;
  • “Remdesivir”;
  • Antikoagulyantlar (“Enoksaparin”);
  • Antiagregantlar (“Asetilsalitsil kislotasi”);
  • Kortikosteroidlar (“Deksametazon”);
  • Sefalosporinlar + makrolidlar;
  • Parenteral atsetilsistein va boshqalar

O‘tkir nafas olish qiyinlashuvi sindromida:

  • Antikoagulyantlar (“Enoksaparin”);
  • Antiagregantlar (“Asetisalitsil kislota”);
  • Kortikosteroidlar (“Deksametazon”);
  • Parenteral atsetilsistein;
  • “Omeprazol”, “Ranitidin” va boshqalar.

Sepsis va sepsik shokda:

  • N2 retseptorlari antagonistlari yoki Proton pompasi ingibitorlari (“Ranitidin”, “Omeprazol”);
  • Kortikosteroidlar (“Deksametazon”);
  • Prokinetik dorilar (“Metoklopramid”, “Domperidon”, “Eritromitsin”) va boshqalar.

Bolalar, homilador ayollar, yurak aritmiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun “Xloroxin” va “Gidroksixloroxin” (+/- “Azitromitsin”) shuningdek, boshqa bemorlarni davolashda terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda antibiotiklar buyurish, virusga qarshi preparatlar (“Lopinavir”/“Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir”), immunomodulyatorlar (“Totsilizumab”, “Interferon-1a”, “Interferon-alfa-2b“), interferon induktorlari va immunostimulyatorli dorilar, metabolik dorilar tavsiya etilmaydi.

Kasallikning har qanday darajasidan qat’i nazar har bir dori vositasi shifokor tavsiyasiga ko‘ra va uning nazorati ostida qabul qilinishi shart.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga osma ukollar (kapelnitsa)dan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Ulashish