Moddiy yordam ajratishdagi qonunbuzarliklar haqida prokuraturaga murojaat qilish so‘raldi​

Hozirda «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonga muvofiq joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur farmon ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilandi hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborildi.

Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Bosh prokuratura, agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilishni so‘radi.

Murojaat uchun telefonlar:

  • Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
  • Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
  • Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007
  • Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
  • Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
  • Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
  • Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
  • Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
  • Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
  • Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
  • Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
  • Farg‘ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
  • Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatdi.

Ulashish