O‘zbekistonda 2-avgust kuni 770 kishida koronavirus aniqlandi. 1200 dan ortiq odam sog‘ayib, yangi rekord o‘rnatildi

Yangi kasallanganlarning

  • 99 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
  • 671 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 325 nafar, Toshkent viloyatida — 142 nafar, Samarqand viloyatida — 103 nafar, Buxoro viloyatida — 27 nafar, Andijon viloyatida — 19 nafar, Sirdaryo viloyatida — 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 14 nafar, Navoiy viloyatida — 9 nafar, Namangan viloyatida — 5 nafar, Farg‘ona viloyatida — 5 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 4 nafar) aniqlangan.

Kun davomida 11 ta hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi. Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagina koronavirus yuqtirib olish holatlari aniqlanmadi.

Ulashish