Antirekord yana yangilandi — bugun 738 kishi koronavirusga chalindi

31-iyul kuni O’zbekistonda 738 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 111 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 627 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

korrespondent 34
Foto: Sada El balad

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 784 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 24 009 nafar bemordan 14 464 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 404 nafar bemordan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.