Bugundan ayrim transport vositalarini olib kirishda aksiz soligʻi toʻlanmaydi

Joriy yilning 1-avgust sanasidan ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi. Bu haqda UzA xabar qildi.

korrespondent 32
Foto: AmurMedia

Avtomobilsozlik sanoatida raqobat sharoitlarini yaratish va qulay investitsiya muhitini shakllantirish sohasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yana-da tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-ilovasiga 2020-yil 3-iyun sanasida oʻzgartirishlar kiritilishi toʻgʻrisida prezident qarori eʼlon qilingan edi.

Ushbu qarorga muvofiq 1-avgustdan quyidagi TIF TN kodlar boʻyicha transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aksiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi 8701 (traktorlar);

  • 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari);
  • 8703 (yengil avtomobillar);
  • 8704 (yuk tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari).
Ulashish