AQSh Xitoydagi ikki shaxs va harbiy tashkilotga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Moliya vazirligi Shinjonda inson huquqlari buzilgani uchun Magnitskiy toʻgʻrisidagi qonunning bir qismi sifatida Xitoyda ikkita shaxsga va bitta harbiylashtirilgan tashkilotga sanksiya joriy qildi, deya xabar beradi agentlik juma kuni qilgan bayonotida.

korrespondent 31
Foto: Yandex

“Shinjonda etnik ozchiliklarning huquqlarini jiddiy ravishda buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar va shaxslar jazolanmoqda, ular uygʻurlarga qarshi ommaviy qonunbuzarlik hamda boshqa jiddiy qoidabuzarliklarni oʻz ichiga olgan”, deyiladi AQSh Gʻaznachiligi bayonotida.

Shunday qilib, Shinjon ishlab chiqarish va qurilish korpusi sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan: bu asl maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish boʻlgan, biroq Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida tartibsizliklarni bostirish bilan shugʻullanadigan harbiylashtirilgan tuzilmadir. Sanksiyalar roʻyxatiga ushbu tuzilmada yetakchi lavozimlarni egallab turgan yoki hanuzgacha faoliyat yuritib kelayotgan ikki yuqori lavozimli amaldorlar ham kiritilgan.

AQSh bir necha bor Xitoyni etnik ozchiliklarga boʻlgan munosabati uchun tanqid qildi. Xususan, iyun oyida AQSh Prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan ishlab chiqilgan va Uygʻurlar va boshqa etnik va diniy ozchiliklarning huquqlarini buzganlik uchun xitoylik amaldorlarga qarshi sanksiyalar olish imkoniyatini nazarda tutadigan “Uygʻurlar huquqlari siyosati — 2020“ qonuniga imzo chekdi.

Ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan Xitoy Vashingtonga qarshi qattiq norozilik bildirgan.

Iyul oyi boshida AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ShUARda Xitoy Kommunistik partiyasining uchta yuqori martabali vakili AQSh Davlat departamentining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilganligini eʼlon qildi. Vashington ularni Pekinning uygʻur aholisiga nisbatan repressiv siyosati uchun javobgar deb eʼlon qildi.