JSST bir qator mamlakatlarda COVID-19 holatining yomonlashuvida yoshlarni ayblamoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, bir qator mamlakatlarda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar sonining koʻpayishini yoshlarning ehtiyot choralarini koʻrishni istamasligi bilan bogʻliq.

korrespondent 24
Foto: Yandex

“Maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, baʼzi mamlakatlarda asoratlar qisman yoshlar yozda karantin qoidalariga amal qilmaganliklari bilan bogʻliq”, dedi JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyses payshanba kuni Jenevada oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Iyul oyi boshida JSSTning Yevropa boʻyicha mintaqaviy direktori Xans Kluge, oʻz navbatida, Yevropada yoshlar orasida koronavirus holatlari koʻpayishi haqida ogohlantirgan edi.

Yevropa ommaviy axborot vositalariga koʻra, xususan Niderlandiyada yoshlar orasida COVID-19 kasalligi soʻnggi haftalarda koʻpaya boshladi. Bundan tashqari, Fransiya va Ispaniya rasmiylari yoshlarning ijtimoiy masofa saqlash va niqob taqish qoidalarini buzayotganliklari sabab koronavirusning yangi holatlari koʻpayganiga ishonishadi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson shu hafta boshida baʼzi Yevropa mamlakatlarida koronavirusning ikkinchi toʻlqini boshlanganini aytdi.

“Biz baʼzi joylarda pandemiyaning ikkinchi toʻlqini alomatlarini koʻrishni boshlaymiz deb qoʻrqaman” dedi Jonson Nottingemda jurnalistlarga.

Pandemiya davrida dunyoda COVID-19 kasalligi bilan kasallanganlar soni 17 milliondan oshdi, ulardan 670 mingdan ortigʻi vafot etdi.