Gonkongda parlament saylovlari koronavirus tufayli bir yilga qoldirildi

Gonkong qonunchilik assambleyasi — XXRning maxsus maʼmuriy hududining bir palatali parlamenti — saylovlar koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli bir yilga qoldiriladi, deya xabar berdi BBC News Gonkong gubernatori Kerri Lamga tayanib.

korrespondent 23
Foto: Interfax

Kerri Lam, bu oxirgi yetti oyda, yaʼni koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri qabul qilgan “eng qiyin qaror” ekanligini tan oldi. Amaldor, shuningdek, XXRning maxsus maʼmuriy mintaqasida favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi qonun unga qonunchilik palatasiga saylovlarni keyinga qoldirishga imkon berishini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Kerri Lam uning qarori Pekinda qoʻllab-quvvatlanganini aytdi, deb yozadi South China Morning Post. Biroq, bu qaror Gonkongdagi muxolif siyosatchilar tomonidan tanqid qilindi, ular mahalliy hokimiyat odamlarni ovoz berish orqali oʻz xohish-irodalarini bildirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun pandemiyani bahona sifatida ishlatayotganliklarini aytishdi.

Gonkong qonunchiligiga koʻra, saylovlar 6-sentyabrga belgilangan. 30-iyul arafasida Gonkong hukumati 12 nafar demokratiya tarafdori boʻlgan muxolif siyosatchilarni saylovlarda nomzod sifatida roʻyxatga olishni rad etdi. Rad etilganlar orasida taniqli gonkonglik faol Joshua Vong ham boʻlgan.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 31-iyul holatiga koʻra, Gonkongda pandemiya boshlangandan beri 3151 ta koronavirus holati qayd etilgan va 25 kishi vafot etgan. Iyul oyi boshida Gonkong COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatning yomonlashishi sababli cheklov choralarini kuchaytirdi, xususan, barcha aholini uy tashqarisida niqob kiyishga majbur qildi.

“Biz keng miqyosli (koronavirus — tahr.) tarqalish arafasida turibmiz, bu bizning kasalxonalar tizimimizning qulashiga va ayniqsa, keksa odamlarning hayotiga jiddiy taʼsir qilishiga olib kelishi mumkin”, dedi Kerri Lam 29-iyul, chorshanba kuni.

Iyun oyida Gonkongda COVID-19 ning ichki tarqalishi toʻxtadi, ammo yaqinda virus yana shaharda tarqala boshladi. Iyul oyining boshidan buyon shaharda 1000 dan ortiq holatlarga tashxis qoʻyilgan, bu Gonkongda joriy yilning yanvar oyida pandemiya boshlanganidan beri 40% dan ortiq holatlardir.