Alisher Usmonov tez tibbiy yordam brigadalari xodimlari uchun 10 mln dollar ajratdi

Avvalroq, Prezidentning tegishli farmoniga (PF-6038-son, 30.07.2020y) asosan, respublika byudjetidan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani xabar qilingandi.

Foto: Getty Images

Shuningdek, ushbu maqsadlar uchun taniqli tadbirkor vatandoshimiz Alisher Usmonov tomonidan qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m (10 mln AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida homiylik xayriyasi ajratildi.

Hukumatning tegishli qaroriga (№458, 30.07.2020y)  ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash uchun jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari beriladi:

• vrach xodimlarga – 5 mln so‘m;
• o‘rta tibbiyot xodimlariga (feldsher va sanitarlar) – 4 mln so‘m;
• haydovchilarga – 3 mln so‘m.

Ushbu  to‘lovlar 1 iyungacha ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi.