O‘zbekistonda muhtoj oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

Hukumat farmoyishiga (346-f, 29.07.2020 y.) asosan “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi.

Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 10 mlrd;
Andijon viloyati – 10 mlrd;
Buxoro viloyati – 10 mlrd;
Jizzax viloyati – 5 mlrd;
Qashqadaryo viloyati – 20 mlrd;
Navoiy viloyati – 5 mlrd;
Namangan viloyati – 10 mlrd;
Samarqand viloyati – 10 mlrd;
Surxondaryo viloyati – 10 mlrd;
Sirdaryo viloyati – 5 mlrd;
Toshkent viloyati – 10 mlrd;
Farg‘ona viloyati – 10 mlrd;
Xorazm viloyati – 10 mlrd;
Toshkent shahri – 25 mlrd.

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.