Prezident pensiya va nafaqalarni 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolandi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m etib belgilandi. Bunda o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi.

  • – eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
  • – bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
  • – zarur ish staji (7 yil)ga ega bo‘lmagan 37,5 ming nafar keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m.

Pandemiya davrida bu nima beradi?

2,8 mln keksalar, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga 2020 yil oxirigacha byudjetdan qo‘shimcha 2,5 trln. so‘m yo‘naltiriladi.