Koronavirusga chalinganlar uchun tashkil etilgan Toshkentdagi maxsus poliklinikalar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkent shahrida koronavirusga gumon qilinganlar, kasallik tasdiqlangan va ayni kunlarda pnevmoniyadan aziyat chekayotganlarga amaliy yordam tariqasida 10 ta maxsus poliklinika tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur poliklinikalar faoliyati tunu kun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar bu yerga murojaat qilish orqali malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, deyiladi xabarda.

Maxsus poliklinikalar ro‘yxati, joylashgan manzili va telefon raqamlari 

Mirobod tumani

5-son ftiziatriya dispanseri
Manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, 8-mart ko‘chasi 58-uy
Telefon: 71-283-98-81
Rahbari: Sultonbekova Lobar G‘ayratovna

Uchtepa tumani

23-son oilaviy poliklinika “Birlik” filiali
Manzili: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chakmoniy ko‘chasi 14A
Telefon: 71-274-04-42
Rahbari: Mirsagatova Saida Jurayevna

M.Ulug‘bek tumani

1-son ftiziatriya dispanseri
Manzili: Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy mavzesi 15 A-uy
Telefon: 71-261-25-35, 71-261-24-45
Rahbari: Mirxalikova Shaxlo Mansurovna

Yakkasaroy tumani

58-son oilaviy poliklinika
Manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A.Qaxxor ko‘chasi 44 uy
Telefon: 71-255-18-01, 71-255-18-00
Rahbari: Suleymanova Muyassarxon Nizamovna

Sergeli tumani

13-son oilaviy poliklinika
Manzili: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi 58 uy
Telefon: 71-215-96-06, 71-215-96-66
Rahbari: Alimova Muqaddas Po‘latovna

Olmazor tumani

3-son ftiziatriya dispanseri
Manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi 1 berk 3-uy
Telefon: 71-248-35-45, 71-248-41-32
Rahbari: Xudayshukurova Dildora Kamilovna

Chilonzor tumani

Shaxar ftiziatriya va pulmonologiya dispanseri
Manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy 7,33/1
Telefon: 71-288-23-18, 71-288-23-17
Rahbari: Qalandarova Lola Nurullayevna

Yunusobod tumani

4-son ftiziatriya dispanseri
Manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 3 tor, Niyazbek yo‘li 6-uy
Telefon: 71-235-10-10, 71-235-13-01
Rahbari: Sodikova Umida Mustakimovna

Shayxontoxur tumani

42-son oilaviy poliklinika
Manzili: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Z. Qobilov ko‘chasi 14A-uy
Telefon: 71-241-80-89, 71-241-71-15
Rahbari: Ubaydullayeva Zilola Aloviddinovna

Yashnobod va Bektemir tumanlari

2-son ftiziatriya dispanseri
Manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Murg‘ob ko‘chasi 93-uy
Telefon: 71-283-49-37, 71-291-02-60
Rahbari: Qurbonkeldiyeva Yelena Valerevna