“Vedomosti”ni tark etgan jurnalistlar yangi loyiha yaratilishini eʼlon qilishdi

Rahbariyat oʻzgargandan keyin nashrni tark etgan “Vedomosti” jurnalistlari VTimes media-loyihasi yaratilishini eʼlon qilishdi.

Foto: TACC

Yangi nashrning veb-saytida eʼlon qilingan xabarga koʻra, VTimes nafaqat Vedomostiʼda oʻquvchilarga maʼlum boʻlgan mavzularni, balki sogʻliqni saqlash, ekologiya, masʼuliyatli isteʼmol va inson kapitali kabi yangi mavzularni ham qamrab oladi.

Xabar qilinishicha, “Vedomosti” asoschisi Derk Sauer yangi loyihaning maslahatchisi boʻladi. VTimes asoschilarining taʼkidlashicha u investor yoki menejer boʻlmaydi.

Bayonotga “Vedomosti” bosh muharririning toʻrtta sobiq muovini: Aleksandr Gubskiy, Boris Safronov, Filipp Sterkin, Kirill Xaratyan va boshqa jurnalistlar imzo chekdilar.

Loyihaning ishga tushirilishi kuzda rejalashtirilgan, aniq sanasi hali eʼlon qilinmagan.

17-mart kuni “Vedomosti” gazetasi va “Garvard Business Review” jurnali noshiri egalari Vladimir Voronov, Demyan Kudryavtsev va Martin Pompadur “Business News Media”ni “Versiya” egasi Konstantin Zyatkov va ishbilarmon Aleksey Golubovichga sotish boʻyicha dastlabki kelishuvni eʼlon qilishdi.

29-may kuni “Vedomosti” xabariga koʻra, “Business News Media”ni sotish boʻyicha bitim yopildi va Zyatkov va FederalPress asoschisi Ivan Eremin “Qoʻllab-quvvatlash” OAJ tomonidan kompaniyaning yangi egalari boʻlishdi.