BMT Arktikadagi yongʻinlar sababini ma’lum qildi

BMTning ixtisoslashgan agentligi boʻlgan Jahon meteorologiya tashkilotining (JMT) rasmiy vakili Kler Nillis Arktikada yongʻin tarqalishining sabablarini maʼlum qildi.

Foto: RT

Uning soʻzlariga koʻra, Sibirda uzoq vaqt davom etgan iliq ob-havo arktik yongʻinlarga sabab boʻlgan. Sibirdagi harorat yanvardan iyungacha oʻrtacha 5 darajadan, iyun oyida esa 10 darajadan oshgan.

Arktikada ketma-ket ikkinchi yil shiddatli yongʻinlar sodir boʻlmoqda. Sunʼiy yoʻldosh rasmlariga koʻra, yongʻin Shimoliy Muz okeanidan 8 km masofada joylashgan.