O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31-iyul kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31-iyul kuni karantin qoidalariga amal qilgan holda nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarori qabul qilindi.

Foto: Gazeta.uz

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatda 2020-yil 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari tomonidan Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.