Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 63 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Live.ru”

Muloqot davomida Vladimir Putin davlat rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Rahbarlar o‘tgan oyda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev tug‘ilgan kun bilan tabrikladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti 24-iyul kuni 63 yoshga to‘ldi.