Prezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirdi

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan navbatdagi videoselektor yigʻilishida pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Prezidentimizning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi oʻrtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi. Buning uchun karantin talablariga soʻzsiz amal qilish, ularning immunitetini mustahkamlash, sogʻligini asrab-avaylash, har bir insonning hayoti uchun kurashish zarur.

Shu munosabat bilan, shuningdek, kasallik yuqtirilishining oldini olish, oʻlim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirildi.

Bunda “Pandemiyaga qarshi kurash – har birimizning vijdon ishimiz”, “Oʻzim, oilam, farzandlarim sogʻligʻi uchun avvalo oʻzim javobgarman”, degan fikrlarni xalqimiz ongiga chuqur singdirish va amaliy hayot mezoniga aylantirish lozimligi taʼkidlandi.