Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan oʻtdi

Yana bir sanʼat arbobi, oʻzining takrorlanmas roli bilan butun kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbek milliy akademik teatri aktyori Abdurayim Abduvaxobov 57 yoshida olamdan oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nomidan marhumning yaqinlari va oila-aʼzolariga taʼziya izhor qilamiz, deya xabar qoldirdi Madaniyat vazirning birinchi oʻrinbosari Jamol Nosirov oʻz Facebook sahifasida.