Rossiyada koronavirus vaksinasi avgustda ommaga taqdim etiladi

Rossiya Federatsiyasining N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari tomonidan may oyida yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina tajribasining sinovi muvaffaqiyatli oʻtgani xabar qilingan edi.

Foto: Gazeta.ru

Ushbu vaksina sinovining ikkinchi bosqichi joriy yil 28-iyulgacha davom etadi, shundan soʻng ishlab chiqarishga roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar topshiriladi.

Avgust oyi oʻrtalarida esa vaksina ommaga taqdim etilishi mumkin. Xususiy kompaniyalar uni sentyabr oyining oʻrtalarida ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda markaz direktori Aleksandr Ginsburg maʼlum qilgan.

Vaksinani dorixonalarda erkin xarid qilish muddati maʼlum qilinmagan.