Bollivud aktrisasi Ayshvariya Ray va uning qizida koronavirus aniqlandi

Bollivud aktyori Abxishek Bachchan rafiqasi Ayshvariya Ray va sakkiz yoshli qizi Aradhyada ham koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

“Ayshvariya va Aradhyada ham koronavirus testi ijobiy chiqdi. Ular uyda karantinga olinadi. Oilamizning boshqa a’zolari, jumladan, onamda ham koronavirus testi salbiy chiqdi. Hammaga iliq tilaklar va duolaringiz uchun rahmat!”, — deb yozdi Abxishek Twitter’da.