Kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlandi

10-iyul kuni kadastr yoʻnalishida respublika, viloyat va tuman miqyosidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Telegramdagi “Rasmiy kanal” kanali xabar qilmoqda.

Bu boshlanishi, deya taʼkidlamoqda Davergeodezkadastr qoʻmitasi axborot xizmati. Sohaning rivojiga toʻsiq boʻlayotgan har bir muammoni yechish qoʻmita oldida turgan pirovard maqsad boʻlib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda boʻladi.