Oliy sud raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga birinchi oʻrinbosar lavozimini senator Robaxon Mahmudova egalladi.

Robaxon Mahmudova — Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi raisi vazifasida ishlagan.

R.Mahmudova Oʻzbekiston Respublikasi Senatining Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.