Venesuela parlamenti spikerida COVID-19 aniqlandi

Foto: Reuters

Venesuela milliy ta’sis assambleyasi rahbari Diosdado Kabelloga yangi turdagi koronavirus tashxisi qo’yildi. Bu haqda u o’zining tvitterida ma’lum qildi.

Siyosatchi uning COVID-19 uchun sinovi ijobiy ekanligini e’lon qildi.

“Men allaqachon izolyatsiya qilinganman va belgilangan davolanish kursini o’tayapman”, deb yozgan Kabello.