8-iyul kuni yangi rekord daraja — 422 kishida koronavirus aniqlandi

8 iyul kuni O‘zbekistonda 422 holatda koronavirus qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 11092 taga yetdi. Bu haqda “Koronavirus info” Telegram-kanali Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda xabar qildi.

Yangi holatlarning 295 tasi karantin muassasalarida, 127 tasi aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 249 nafar fuqaro sog‘ayib, yangi rekord qayd etildi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11092 nafar bemordan 7060 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3987 nafar bemordan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.