Oʻzbekistonda agroturizm: COVID-19 dan soʻng qayta tiklanish

2020-yilning 7-iyul kuni Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) qoshidagi amaliy tadqiqotlar markazi (ATM) “ Oʻzbekistonda agroturizm: COVID-19 dan soʻng qayta tiklanish” mavzusiga bagʻishlangan onlayn konferensiyani tashkillashtirdi. Tadbirda Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasining eko va agroturizm boʻlimi boshligʻi Baxrom Pardayev, Toskaniyaning “Santuchcho” (Florensiya, Italiya) vinosini targʻib qilish uyushmasining raisi Leonardo Komuchi, “Lazzatli Oʻzbekiston” loyihasining muallifi Sergey Danilov, “Agro-Innovatsiya” jamgʻarmasi direktori Qobuljon Odilov, universitetlar prorektorlari va TXVU qoshidagi ATMning katta ilmiy xodimlari kabi 30 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi. ATM direktori Piter Malvich tadbirni kirish soʻzi bilan ochib, kelajakda jamoatchilikka xizmat qilishi mumkin boʻlgan qiziqarli va noyob imkoniyatlar hozirgi kunda aynan agroturizm sohasida vujudga kelayotganini taʼkidladi.

Foto: Korrespondent.uz

Onlayn konferensiya davomida agrar sektor sohasidagi davlat strategiyasi doirasidagi agroturizm, ishlab chiqarish va savdo zanjirini faollashtirish, Italiya tajribasi asosida betakror vino mahsulotlarini izlab topish va rivojlantirish bilan bir qatorda innovatsion tajribalar va oʻzbek oshxonasining brendini vujudga keltirish, agroturizmni rivojlantirishda klaster yondashuvni qoʻllash kabi masalalar muhokama qilindi.

Iqtisodiyoti oʻtish davrida boʻlgan davlatlar iqtisodiy oʻsishiga turizmning taʼsiri haqida TXVU katta ilmiy xodimi Rauf Salaxojayev gapirib oʻtdi. Rauf Salaxojayev oʻz tadqiqotlarida turizmdan keladigan daromadlar YAIM oʻsishi bilan bevosita bogʻliqligini, natijalarga koʻra aholi jon boshiga turizmdan keladigan daromadlarning 10 % ga oʻsishi YAIMning0,08 % ga oʻsishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning 1% ga oʻsishiYAIMning 0,2% ga oʻsishiga olib kelishini taʼkidlab oʻtdi.

TXVU katta ilmiy xodimi Etenesh Bekele Asfau “Agroturizm qishloq hududlarini rivojlantirish vositasi sifatida” mavzusida soʻzga chiqdi. Konferensiya davomida Etenesh Bekele Asfau agroturizmning rivojlanishi nisbatan qisqa vaqt ichida YAIMning oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini, ishlab chiqaruvchilar uchun ham va umuman jamiyat uchun ham bir qator ustunliklar berishini taʼkidladi. Agroturizmning rivojlanishi koʻplab mayda xoʻjaliklarga oʻz daromadlarini barqarorlashtirish va qoʻshicha daromad olish imkonini taʼminlash orqali foyda keltiradi. Jamiyat uchun agroturizm yoʻllarning obod boʻlishi, turarjoy va savdo majmualari, madaniy koʻngilochar markazlar, jamoat ovqatlanish joylari, sanitariya-gigiyena markazlarining barpo etilishini va Wi-Fi hududlari qamrovining kengayishini anglatadi.

TXVU katta ilmiy xodimi Fabritsio Velmini Parkent tumani misolida Oʻzbekistondagi gastronomik turizm salohiyatini gapirib oʻtdi.

“Agroturizm uchun ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihat juda muhim, shuning uchun Parkent tumani agroturizmni rivojlantirish uchun juda yaxshi asosga ega”. Bundan tashqari, professor Velmini vino turizmini rivojlantirish va davlat darajasida Parkentga vino ishlab chiqarish bilan ajralib turadigan gastronomik tuman maqomini berilishi oʻziga xos “mintaqaviy imij”ni vujudga keltiradi. Buning natijasida ushbu mintaqa oʻziga xos xususiyatiga koʻra baholanishi va boshqa raqobatdosh mintaqalardan ajralib turishi mumkin. Sayyohlar uchun vino sayohatlari, uzumzorlar va ishlab chiqaruvchilarga tashriflar, (degustatsiya) tatib koʻrish hamda vinoni ishlab chiqaruvchilardan sotib olish kabi tadbirlar tashkillashtirilishi kerak. Tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun turoperatorlar va mehmonxonalar bilan hamkorlikda faoliyat olib borish tavsiya etiladi. Turizm, qishloq xoʻjaligi va sanoatning uygʻunlashuvi vinoga asoslangan yondosh ishlab chiqarish yoʻnalishlarining vujudga kelishiga turtki boʻladi, Yevropa andozalariga muvofiq vino yoʻnalishlarini shakllantiradi va taassurotlar iqtisodiyotini yaratishga imkon beradi.

No photo description available.
Parkent tumanida joylashgan uzum plantatsiyasi. Foto: Korrespondent.uz

Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasining eko va agroturizm boʻlimi boshligʻi Baxrom Pardayev – “Oʻzbekiston agrar respublika boʻlganligi sababli agroturizm Oʻzbekistonda turizm rivojlanishining lokomotiviga aylanadi”-deb qoʻshimcha qildi. Agroturizmni rivojlantirishning hozirgi bosqichida quyidagi mexanizmlarni shakllantirish zarur: milliy jamoat tashkilotlari, uyushgan qoʻrgʻonlar (ekinzorlar), agroturizm fermalari va tashkilotlari, bunday korxonalarning xalqaro uyushmalardagi ishtiroki, agroturizm tizimida xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatlangan qoʻrgʻonlar (ekinzorlar) sonini oshirish, xalqaro elektron maʼlumotlar bazalari orqali mamlakatda agroturizmning rivojlanishi haqidagi maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek agroturizm biznesini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini vujudga keltirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish.