Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

So‘nggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus infeksiyasining ko‘paymoqda. Shu munosabat bilan hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida yo‘llanma asosida shahar hokimi A.Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik xodimlari koronavirusga test topshirdi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sof.uz

O‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Ammo «Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi» Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Shu sababli «Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi» Jizzax shahar bo‘limi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirmoqda.