Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 4-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:52 da Tojikistonda zilzila yuz berdi.

Zilzila koordinatalari: 38,92 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 301 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,5, chuqurlik — 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

  • Toshkent: 301 kilometr, 3 ball;
  • Namangan: 238 kilometr, 3 ball;
  • Andijon: 237 kilometr, 3 ball;
  • Farg‘ona: 176 kilometr, 4 ball;
  • Guliston: 257 kilometr, 3 ball;
  • Jizzax: 301 kilometr, 3 ball;
  • Samarqand: 356 kilometr, 3 ball;
  • Buxoro: 572 kilometr, 2 ball;
  • Termiz: 376 kilometr, 3 ball;
  • Qarshi: 450 kilometr, 2 ball;
  • Navoiy: 498 kilometr, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida qo‘shni mamlakatda sodir bo‘lgan zilzilalarning to‘rttasi O‘zbekiston hududida qayd etildi. Xususan, 12-iyun kuni Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda, 16-iyun kuni Tojikiston va Afg‘onistonda, shuningdek, 27-iyun kuni Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sezilgan edi.